Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir oblastida 19 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan YTH aybdorlariga sud hukmi o‘qildi
Vladimir oblastining Petushinsk rayon sudi xorijlik ikki fuqaroning har birini besh yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi, deb xabar berdi Rossiya bosh prokuraturasi.
Xabarda aytilishicha, ular jazoni umumiy rejimdagi koloniyada o‘tashadi.
Ma'lum qilinishicha, xorijlik ikki fuqaro xavfsizlik talablariga javob bermaydigan avtobusda Rossiyadan Qozog‘istonga yo‘lovchilarni noqonuniy olib borishni tashkil etishgan va amalga oshirishgan. Sudlanuvchilar ayblariga iqror bo‘lmadi va qilmishlaridan afsuslanmadi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir oblastida avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida avtobusda bo‘lgan 56 nafar o‘zbekistonlikdan 19 nafari halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024