Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Tulaning «Arsenal» klubiga 10 mln dollarga yaqin pul ajratdi
Biznesmen Alisher Usmonov Tulaning «Arsenal» klubiga 600 mln rubl (9,5 mln dollar atrofida) pul ajratdi. Bu haqda bir qator rus saytlari «Baza» Telegram-kanaliga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsum Rossiya chempionatida 6-o‘rinni olib, yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Arsenal» rahbariyati moliyaviy ko‘mak so‘rab Alisher Burxonovichga murojaat qilgan. Tadbirkor esa bu iltimosni yerda qoldirmagan.
Tula klubi, shuningdek, yana 500 mln rubl so‘rab «Rostex» davlat korporatsiyasiga murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil avgustida Usmonov Londonning «Arsenal» klubidagi 30 foiz aksiyalar paketini 550 mln funtga, amerikalik milliarder Sten Kronkega sotib yuborgan edi.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025