Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanishi kutilmoqda ─ Adliya vazirligi
Prezident topshirig‘iga asosan Adliya vazirligi tomonidan jurnalistlarga ma'lumot taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma'lumot taqdim etish, shuningdek, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish va jurnalistlarga bosim o‘tkazganligi uchun davlat organlarining javobgarligi masalasini qonunchilikka kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev «Media-savodxonlik va fake-news» mavzusidagi seminarda ma'lum qildi.
Axborot tarqatish huquqi va mas'uliyati, yolg‘on ma'lumot tarqatganlik uchun javobgarlik masalalari muhokama qilingan seminarda «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Prezident Qarorida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Qarorga muvofiq, Adliya vazirligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ma'lumot taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri ma'lumot taqdim etganlik, shuningdek, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlikni belgilash to‘g‘risida takliflar kiritishi belgilangan.
«Jurnalistik faoliyatga to‘sqinlik qilish, noto‘g‘ri ma'lumot berish yoki ma'lumot bermaslik yuzasidan davlat organlariga javobgarlik belgilanadi. Bu javobgarlikning tartibi, ko‘rinishi bo‘yicha vazirlik professional qatlam, ya'ni jurnalist va blogerlardan takliflar kutadi», ─ deya ta'kidladi Xudoyor Meliyev.
Mavzuga oid
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
16:09 / 18.03.2025