Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi fojia muhokama qilindi. Hududlardagi barcha attraksionlar davlat nazoratidan o‘tkaziladi
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan Bosh vazir Kotibiyatiga dam olish maskanlarida baxsiz hodisalar oldini olish maqsadida hududlardagi barcha attraksionlarni davlat nazoratidan o‘tkazish bo‘yicha so‘rovnoma yuborildi. Bu haqda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining axborot xizmati ma'lumotlariga tayanib O‘zA xabar qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida 2019 yilning 28 iyun kuni Jizzax shahar, «Navro‘z» mahallasi hududidagi «Istiqlol» bolalar istirohat bog‘idagi YaTT «Mamatqulov Burxon»ga tegishli bo‘lgan «Uchar likopcha» attraksionining uzilib ketishi oqibatida o‘lim bilan tugagan baxsiz hodisa muhokama qilindi.
Muhokamada joyidan olingan hujjatlar va voqea tafsilotlari batafsil tahlil qilindi. Tahlil natijalari asosida dastlabki voqeaga sabab bo‘lgan omillar sanab o‘tildi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi v.b. B.Gulyamov va qo‘mitaning tegishli rahbar va mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada so‘zga chiqqanlar bir ovozdan mazkur voqea yuzasidan qat'iy choralar ko‘rilishi zarurligini aytishdi.
Xususan, dam olish maskanlarida mazkur va shunga o‘xshash baxsiz hodisa, favqulodda vaziyatlar oldini olish maqsadida hududlardagi barcha attraksionlar zudlik bilan davlat nazoratidan o‘tkazilishi kerakligi ta'kidlandi.
Majlis yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisiga, shuningdek, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyatiga dam olish maskanlarida baxsiz hodisalarning oldini olish maqsadida hududlardagi barcha attraksionlarni davlat nazoratidan o‘tkazish bo‘yicha so‘rovnoma yuborildi. Unda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar, Madaniyat, Ichki ishlar vazirliklari va «O‘zenergonazorat» inspeksiyasi vakolatli vakillardan iborat ishchi guruhlar tuzish hamda attraksionlarni nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha tegishli farmoyish chiqarish nazarda tutilgan.
Voqea joyida maxsus komissiya tomonidan tekshirish ishlari boshlandi.
Bundan avvalroq Bosh prokuratura Jizzaxdagi hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025