Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xorijda Alisher Navoiy nomidagi madaniyat markazi tashkil etadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xorijda Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasining “Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
O‘zbekiston madaniyati va san'ati, an'analari hamda o‘zbek tili va adabiyoti hamda turizm salohiyatini o‘quv kurslari va to‘garaklar tashkil etish, konferensiya, seminar, festival va boshqa madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazish orqali xorijda keng targ‘ib etish;
do‘stona xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do‘stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirishga ko‘maklashish.
Belgilab qo‘yilishicha:
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida tashkil etiladi, uning xorijiy davlatlardagi sho‘'balari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Bosh qarorgoh faoliyat olib boradi;
Chet el davlatlari bilan o‘zaro madaniyat markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimlarga asosan Markazning xorijiy davlatlardagi sho‘'balari tashkil etiladi;
Markaz rahbari lavozimiga Madaniyat vazirligi tizimida kamida 3 yil faoliyat olib borgan, O‘zbekiston madaniyati va san'ati, tarixi, an'analari, urf-odati hamda o‘zbek va xorijiy tillarni biluvchi malakali mutaxassislardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishuvga ko‘ra Madaniyat vaziri tomonidan tayinlanadi.
Markaz va uning xorijiy davlatlardagi sho‘'balari faoliyatini moliyalashtirish manbalariga davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy ko‘maklari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar kiradi.
Markazga:
o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur statistik va tahliliy axborotni talab qilish va bepul olish;
ilmiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun davlat mulki bo‘lmish majlislar zali va konsert zallaridan (ana shu zallar o‘z tasarrufida bo‘lgan sub'yektlar bilan kelishilgan jadval bo‘yicha) bepul foydalanish huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat markazi konsepsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat markazi Madaniyat vazirligi huzurida tashkil etiladi, xorijiy davlatlar bilan kelishuvlarga ko‘ra uning xorijiy davlatlardagi sho‘'balari faoliyat olib boradi.
Markazning xorijiy davlatlardagi sho‘'balari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Bosh qarorgoh tashkil etiladi.
Markazning asosiy vazifasi – O‘zbekiston madaniyati, san'ati va an'analari, o‘zbek tili va adabiyoti, turizm salohiyatini xorijda targ‘ib etish va ommalashtirish, shuningdek, do‘stona xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do‘stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishdir.
Markaz madaniyat, san'at, fan, ta'lim va xalq diplomatiyasi sohalardagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda madaniy almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishda asosiy maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, Markaz yurtimizning madaniy, ijtimoiy va siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni xorijiy jamoatchilikka doimiy yetkazib beradi hamda O‘zbekiston to‘g‘risida ijobiy fikrlarni shakllantirish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi.
Markazning maqsadi – turli konferensiyalar, seminarlar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazish hamda o‘quv kurslari va to‘garaklar tashkil etish orqali O‘zbekiston madaniyati, san'ati va an'analari, o‘zbek tili va adabiyoti, turizm salohiyatini xorijda targ‘ib etish va ommalashtirish, shuningdek, do‘stona xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do‘stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishdir.
Markaz o‘z maqsadini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etadi, Markaz faoliyat olib borayotgan davlat oliy va o‘rta ta'lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyotidan ta'lim berilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston tarixi, madaniy merosi va yurtimiz allomalarini jahon ilmiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida konferensiya va seminarlar tashkil etadi;
O‘zbekiston madaniyati va san'atini targ‘ib qilish maqsadida, ko‘rgazmalar, tanlovlar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazadi;
o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etadi;
xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatadi, ularga o‘z vakolati doirasida amaliy yordam ko‘rsatadi;
Markaz o‘zi faoliyat olib borayotgan davlatning tegishli muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatadi.
Mavzuga oid
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan
07:28 / 09.03.2022