Jahon | 16:40 / 02.07.2019
4470
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyaliklar ekologiya muammosi tufayli hukumatni sudga berishmoqchi

Foto: BEAWIHARTA/Reuters

Bir guruh faollar Indoneziya hukumatini atrof-muhit ifloslanishiga qarshi chora ko‘rmayotgani uchun sudga berishga qaror qildi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi.

Faollar mamlakat prezidenti, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit va ichki ishlar vazirlariga qarshi da'vo kiritishlari kutilmoqda.

Nashrning qayd etishicha, iyun oyida Indoneziya poytaxtida havo o‘ta ifloslandi va Pekin hamda Dehlidagi darajaga yetdi.

Xususan, 25 iyun kuni havo sifati indeksi (Air Quality Index, AQI) Jakartada 240 birlikni tashkil qildi, ayni paytda Londonda bu ko‘rsatkich 12, San-Fransiskoda 26 birlikni tashkil etadi.

Mavzuga oid