O‘zbekiston | 22:45 / 03.07.2019
27364
2 daqiqa o‘qiladi

YPX xodimlari bodi kameralar bilan o‘z vaqtida jihozlanmaganligi ortidan rahbarlarga hayfsan e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyuldagi №556-sonli “Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligi ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4075-sonli qarorida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga 2019 yil 1 aprelga qadar ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari va patrul-post xizmati xodimlari uchun videokameralar hamda planshetlar xarid qilish choralari topshirilgan.

Biroq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan ortiqcha sansalorlik va byurokratizm ushbu topshiriqning o‘z muddatida bajarilmasligiga sabab bo‘lgan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘ini bajarish muddatlarining qo‘pol ravishda buzilganligi, belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish choralari o‘z vaqtida ko‘rilmaganligi va nazorat etilmaganligi uchun:

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 1 dekabrdagi №975-son qarorini bajarish muddatlari buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Yusupovga va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari R.M.Ergashevga hayfsan e'lon qilindi.

Mavzuga oid