Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Damas»dan uloqtirilgan sumkada og‘u yashirilganligi fosh etildi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Tadbir davomida Buxoro tumanida I.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashinada 2 dona oq rangli qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, og‘irligi 3,11 grammga teng bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Shuningdek, mazkur avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan R.I. qo‘l sumkasini tezkor guruh vakillaridan berkitish maqsadida yo‘l chekkasiga uloqtirishga uringan chog‘ida xodimlarda shubha uyg‘otdi va mazkur sumka ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada sumkada 4,54 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Tekshiruv jarayonida fuqaro R.I.ning giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanishi va u fuqaro E.S.ga ham 2 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasini pullaganligi o‘z tasdig‘ini topdi.
Shuningdek, yana bir holatda G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.S.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu shaxsning xonadonidan 1,05 gramm marixuana moddasi borligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, har uchala holatda og‘ufurushlar qo‘lga olinib, ulardan jami 10,7 grammga teng bo‘lgan giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025