Jahon | 12:37 / 07.07.2019
11828
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Germaniyadan Suriyaga piyoda qo‘shinlar jo‘natishni so‘radi

Foto: REUTERS

Qo‘shma Shtatlar Germaniyani Suriya shimoli-sharqiga Amerika qo‘shinlarini qisman almashtirish uchun yerusti qo‘shinlarini jo‘natishga chaqiradi. Bu haqda AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffri Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

"Biz Germaniyaning harbiy xizmatchilarimiz o‘rnini egallash uchun yerusti qo‘shinlarini jo‘natishini istaymiz", - dedi u.

Maxsus vakil gap jangovar missiya haqida emasligini bildirdi.

"IShIDni Suriyadagi mahalliy kuchlar siqib chiqarishi mumkin. Ammo logistika, texnik yordam ko‘rsatish uchun bu yerda xalqaro kuchlar bo‘lishi zarur", - deya tushuntirish berdi u.

Hozirda Germaniyaning Tornado qiruvchi samolyotlari razvedka ishlarini o‘tkazadi va ittifoqchilarning samolyotlariga havoda yonilg‘i quyish bilan shug‘ullanadi.

U IShIDning qo‘lga olingan jangarilarini nima qilish to‘g‘risidagi savolga javob berarkan, "barcha davlatlar o‘z fuqarolarini qaytarib olishi kerak"ligini aytgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid