Sport | 09:15 / 08.07.2019
21525
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada o‘tgan Kopa Amerika yana Braziliyaning g‘alabasi bilan tugadi

Foto: REUTERS

Braziliya milliy jamoasi o‘z maydonida o‘tgan Kopa Amerikada yana g‘olib chiqdi. Pentakampeonlar finalda Peruni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

«Marakana»dagi o‘yinning 15-daqiqasida Everton hisobni ochgach, 44-daqiqada Gerrero penaltidan muvozanatni tikladi. Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Gabriel Jyezus mezbonlarning tanaffusga ustunlik bilan yo‘l olishini ta'minladi. 90-daqiqadagi Risharlisonning penaltidan urgan goli yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:1.

Shu tariqa, Braziliya o‘z maydonida o‘tgan beshinchi Kopa Amerika musobaqasida ham g‘alaba qozondi. Umumiy hisobda, braziliyaliklar 9-marotaba, 2007 yildan buyon esa ilk marta Janubiy Amerika chempioni bo‘lishdi.

Ma'lumot uchun, Kopa Amerikada Urugvay 15, Argentina esa 14 marotaba g‘olib chiqqan.

Kopa Amerika – 2019
Final
Braziliya – Peru 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Everton, 1:1 – 44, penalti Gerrero, 2:1 – 45+3 Gabriel Jyezus, 3:1 – 90, penalti Risharlison.
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Aleks Sandro, Artur, Kazemiro, Gabriel Jyezus, Koutino (Eder Militao, 77), Everton (Allan, 90), Firmino (Risharlison, 75).
Peru – Galese, Advinkula, Sambrano, Abram, Trauko, Tapiya (Gonsales, 82), Yotun (Ruidias, 78), Flores, Kueva, Karrilo (Polo, 86), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Gabriel Jyezus (30), Tapiya (49), Tiago Silva (53), Sambrano (68), Advinkula (84), Risharlison (90).
Chetlatish: Gabriel Jyezus (70).

Mavzuga oid