Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qariyb 1400ta AYoQSh tadbirkorlarga sotiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan “O‘zneftmahsulot” AJ tasarrufidagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi 1 381 ta avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini tadbirkorlik sub'yektlariga auksion savdolari orqali sotish bo‘yicha taklif ma'qullandi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Agentlik, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi shunday taklif bilan chiqqan.
Bundan tashqari, olis, yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlashning muqobil tizimi joriy qilinadi.
Avvalroq, ayrim tashkilotlar «O‘zbekneftgaz» tarkibiga qo‘shilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025