O‘zbekistonda yangi maktab-internatlar tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maqom san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Toshkent shahri, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm viloyati hokimliklarining 2020/2021 o‘quv yilidan Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati, Farg‘ona, Buxoro va Xorazm viloyatlarida amaldagi musiqa va san'at maktablari tarkibida ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar maqom maktab-internatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘quvchilarning maqom ijrochiligi yo‘nalishida o‘qitishning zamonaviy ilg‘or pedagogik usullaridan keng foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
o‘quv-tarbiyaviy ishlarning asosi puxta o‘ylangan o‘quv materialini tanlash - o‘quvchilarning musiqiy-ijrochilik iqtidorini har tomonlama rivojlantirish;
maqom san'ati bo‘yicha bilim va tushunchalar, tarixiy va milliy an'analar, innovatsiya texnologiyalarini, davlat talablari asosida bilim va ko‘nikmalarini puxta egallagan yosh kadrlar tayyorlash;
ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati uchun 200 o‘rinli 2 ta o‘quv binosi, 200 o‘rinli yotoqxona va oshxona binosi, hamda Farg‘ona viloyatidagi 1-son, Xorazm viloyatidagi 11-son, Buxoro viloyatidagi 5-son bolalar musiqa va san'at maktablari negizida tashkil etiladigan maqom maktab-internatlari uchun har birida 150 o‘rinli yotoqxona va oshxona, 200 o‘rinli o‘quv binolari qurish bo‘yicha taklifi inobatga olinadi.
Belgilab qo‘yilishicha, maqom maktab-internatlariga 2020-2021 o‘quv yilida 5-6-7-8-sinflarga hamda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfga 30 nafardan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Mavzuga oid

07:35 / 10.01.2025
Ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga “yashil tadbirkor” maqomi beriladi

09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi

20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti

12:51 / 24.06.2024