Fan-texnika | 08:21 / 11.07.2019
6604
2 daqiqa o‘qiladi

IBM dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisini rekord narxga sotib oldi

Foto: Reuters/Scanpix

Kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik kompaniya International Business Machines Corp. (IBM) dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi Red Hat Inc. kompaniyasini 34 mlrd dollarga sotib oldi.  

Bu bitim IBM tarixidagi eng yirigi va tarmoqdagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi.

Red Hat’ni bosh ijrochi direktori Jim Uaytxerst boshqaraveradi, biroq endi u IBM bosh ijrochi direktori Jinni Romettiga bo‘ysunadi. Red Hat bosh qarorgohi avvalgi joyida – Roli shahrida qoladi.

Red Hat xarididan keyin bulutli biznesga IBM’ning chorak tushumi to‘g‘ri keladi. Dasturiy ta'minot kompaniyasining fevralda yakunlangan moliyaviy yil natijalari bo‘yicha tushumi 15 foizga oshib, 3,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Mart-aprel oylarida ham tushum 15 foizga oshgan. 

IBM kapitallashuvi oxirgi 12 oy ichida 3,9 foizga kamaygan, biroq joriy yil boshidan 22,6 foizga ortib, hozirda 124,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.  

Mavzuga oid