Sport | 17:21 / 12.07.2019
2846
1 daqiqa o‘qiladi

«Bu ajoyib o‘yin menga hamma narsa berdi» – Krauch faoliyatini yakunladi

Foto: EPA/LINDSEY PARNABY

Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Piter Krauch faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchi o‘zining tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

«Uzoq o‘ylaganimdan so‘ng faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bu ajoyib o‘yin menga hamma narsa berdi»,- deb yozdi Krauch sahifasida. 38 yoshli futbolchi faoliyati davomida 11 ta APL klubida o‘ynab, musobaqada 108 ta gol urgan.

Krauch Angliya milliy jamoasida ham samaradorlik ko‘rsatgan. U «uch sherlar» safida 42 ta o‘yinda qatnashib, 22 ta gol urgan. Krauch APLda bosh bilan eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid