Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL tarixiga kirgan Krauch futbolkasini stadionga suzish kiyimida kelgan muxlisga berdi
«Stok Siti» hujumchisi Piter Krauch APLda bosh bilan 50ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
U ushbu rekordni 38-tur doirasida «Sauthempton»ga qarshi kechgan uchrashuvda qayd etdi. Krauchning goli «Stok Siti»ga 1:0 hisobida g‘alaba keltirdi.
«Muvaffaqiyatga erishish uchun futbolchi tezkor bo‘lishi kerak. Ammo men hech qachon tezligim bilan maqtana olmaganman. Lekin menda boshqa bir afzalliklarim bor, bu mening bo‘yim balandligi va bosh bilan yaxshi o‘ynashim. Men bu afzalliklarim yo‘q bo‘ladi deb o‘ylamayman», — deya angliyalik futbolchining so‘zlarini keltirgan Goal.
«Stok Siti» mavsum yakunlariga ko‘ra APLda 13-o‘rinni egalladi, Krauch esa 27 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urdi va 2 golli uzatma muallifi bo‘ldi.
U «Sauthempton» bilan o‘yindan keyin o‘yinga suzish kiyimida kelgan muxlis oldiga borib, futbolkasini unga sovg‘a qilgan va u bilan suratga tushgan.
👌 Speedo! Speedo! Speedo!@petercrouch gives his match winning shirt to @stokemadsidders, brilliant!#SCFC 🔴⚪️ pic.twitter.com/VA6HD6OGzr
— Stoke City FC (@stokecity) May 21, 2017
Daily Mail xabarida yozilishicha, Tayron Sidli ism-sharifli bu shaxs o‘yindan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoq orqali Piter Krauchdan Sauthemptondagi «Sent-Meri» stadioniga suzish kiyimida borsa, futbolkasini berishini so‘raydi. Futbolchi bunga rozilik bildiradi. U o‘yin vaqtida bu muxlisni payqaydi va o‘yindan keyin va'dasi bo‘yicha uning oldiga boradi.