Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yo‘lovchi avtobus ag‘darildi. Jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
11 iyul kuni soat 10:48da Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani M-34 trassa yo‘lida harakatlanayotgan «Isuzu» rusumli avtobus yo‘ldan chiqib ketib, avtofalokat sodir bo‘ldi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 16 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bemorlarga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning 9 nafari Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga yotqizilgan, 7 nafariga esa jarohati yengil bo‘lgani sabab ambulator sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida falokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh tuzildi. Ayni paytda malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, reanimatolog-anesteziolog, nevrolog kabi shifokorlar markazning Sirdaryo viloyat filialidagi bemorlar hayoti uchun kurashmoqda.
Shuningdek, ular uchun zarur tibbiy dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan ma'lumotlarni berib boradi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
20:24 / 20.05.2025