久保建英やべえ!
— きっく (@AxFtXoGPLTxRmq1) July 14, 2019
正直チアゴ・アルカンタラ程度にしかならないと思ってたけど、ダビド・シルヴァレベルになれるわ! pic.twitter.com/Vp1KG3EMnI
Kubo «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo shu yil yozida u katalonlar jamoasining prinsipial raqibi safiga o‘tdi. Ispan nashrlari ma'lumotiga ko‘ra, forvard uchun 2 mln yevro to‘langan.
Yozda ushbu yosh futbolchi Yaponiya terma jamoasida debyut qildi, u Salvadorga qarshi o‘yinning 67-daqiqasida maydonga tushdi va bu borada terma jamoaning ikkinchi eng yosh debyutanti bo‘ldi (undan oldin Daysuke Itikava 17 yoshu 322 kunligida asosiy terma jamoa safida birinchi o‘yinini o‘tkazgandi).
«Tokio» safida Kubo 30 o‘yinda maydonga tushgan va 6 gol urib, 4 golga uzatma bergan, u shuningdek «Yokogamu F. Marinos» safida 6 o‘yinda maydonga tushib, bir gol va bir golli uzatma muallifiga aylangan.