Jahon | 17:20 / 16.07.2019
12075
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Markaziy Osiyoda OITSdan o‘lish holatlari oshdi

Foto: Shutterstock

2018 yilda OIVdan 770 mingga yaqin kishi vafot etdi, bu 2010 yildagiga nisbatan 30 foizga kam, deyiladi BMTning OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi hisobotida.

Shu bilan birga, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda OITSdan o‘lish holatlari 5%, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada 9%ga oshgan.

2018 yilda 1,7 millionga yaqin kishida OIV-infeksiyasi aniqlangan, bu 2010 yildagiga qaraganda 16%ga oz. 

BMTning ta'kidlashicha, Afrika sharqi va janubida ushbu virusga qarshi kurashning kuchaytirilgani kasallikka chalinish holatini kamaytirgan.

Statistikaga ko‘ra, OIVga chalingan har besh kishidan uchtasi – 37,9 million kishidan 23,3 millioni antiretrovirus terapiyasini oladi va virusni yuqtirmaydigan bo‘ladi.

Mavzuga oid