Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘llardagi fotoradarlar orqali dam olish kunlari 1536 ta qoidabuzarlik aniqlandi
Toshkent shahrida havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida ko‘pgina fuqarolar dam olish kunlarini Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan dam olish maskanlarida o‘tkazishmoqda.
Shu sababli, Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lida avtomobil oqimi keskin ko‘paydi. Ushbu avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisalarini oldini olish va avtomobillarning xavfsiz harakatlanishlarini ta'minlash maqsadida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda ishlatilib kelinmoqda.
O‘tgan dam olish kunlari mobaynida ushbu fotoradarlar orqali 1536 ta tezlikni me'yoridan oshirish holatlari aniqlandi. Ushbu aniqlangan qoidabuzarliklarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda aholi yashash joylarida tezlikni 110 km/soatdan oshirgan 84 fuqaroga EKIHning 9 barobarida, 90 km/soatdan oshirgan 430 fuqaroga EKIHning 5 barobarida, 70 km/soatdan oshirgan 922 fuqaroga EKIHning 1 barobarida jarimalar belgilanib, belgilangan jarimalar to‘g‘risidagi qarorlar “O‘zbekiston pochtasi”ning ma'lumotlarni qayta ishlash markaziga orqali qoidabuzarni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga yetkazildi.
Ushbu 1536 qoidabuzar haydovchining 945 nafari Toshkent shahrida, 387 nafari Toshkent viloyatida, 104 nafari respublikaning boshqa viloyatlarida istiqomat qilishlari aniqlandi.
Mavzuga oid
17:08 / 06.12.2024
Prezident Bo‘stonliqda turistik majmua qurilishi va GES faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 06.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqda bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
18:10 / 04.11.2024
Bo‘stonliqda tog‘ echkisini ovlagan brakoner ushlandi
18:27 / 09.09.2024