Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida haydovchisi uxlab qolgan avtomobil yuk mashinasiga borib urildi. Halok bo‘lganlar bor
Bugun, 17 iyul kuni erta tongda, Toshkent viloyati hududidagi 4R7-Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 4-km.da Chirchiq daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik ustida haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan N.D. boshqaruvida bo‘lgan “OPeL OMeGA” avtomobilida uxlab qolish oqibatida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1957 yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvida bo‘lgan “WILSON NS34TS” rusumli yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.
Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot guruhi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida “OPeL OMeGA” haydovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan N.D. va yo‘lovchisi, 1997 yilda tug‘ilgan U.A. voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025