O‘zbekiston | 16:00 / 18.07.2019
25079
1 daqiqa o‘qiladi

Taxiatosh IESda avariya bo‘lmagan, ikkita energoblok ishdan chiqqan

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati Taxiatosh IES AJda sodir bo‘lgan texnologik nuqsonlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«Bugun, 18 iyul kuni soat 10dan 43 daqiqa o‘tganda Taxiatosh IES AJning 8-energobloki texnologik himoya tizimi ishlashi natijasida o‘chdi. Oradan 12 soniya o‘tganda 7-energoblok va 1-turboagregat ham texnologik himoya tizimi ishlashi natijasida o‘chdi.

Soat 10dan 59 daqiqa o‘tganida 1-turboagregat ishga tushirildi.

Hozirgi vaqtda 7 va 8-energobloklarni ishga tushirish ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq Taxiatosh IESda yirik avariya ro‘y berishi natijasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning ba'zi tumanlari svetsiz qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid