Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoydan 24 ta elektrovoz sotib oladi
O‘zbekistonga Xitoyning CNTIC-CRRC DLOCO konsorsiumi delegatsiyasi tashrif buyurdi. «O‘zbekiston temir yo‘llar» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy apparatida respublika temir yo‘l ma'muriyati boshqaruvining yuk va yo‘lovchi tashish uchun lokomotiv ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, temir yo‘l sohasidagi samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganligiga alohida e'tibor qaratildi. Shu o‘rinda, elektrovozlarning 24 tasiga (shu jumladan, 16 ta yuk va 8 ta yo‘lovchi hamda yuk tashishlarga mo‘ljallangan) shartnoma imzolanishi ikki davlat aloqalari kengayishining tasdig‘i bo‘ldi.
Yangi lokomotivlar «Temir yo‘l samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 586-sonli qaroridan kelib chiqadigan «Lokomotiv parkini yangilash» investitsiya loyihasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida sotib olinadi. Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish muddati – 2019-2020 yillari.
Yangi lokomotivlar yo‘lovchi va yuklarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, shu jumladan og‘ir yuklarni tog‘ sharoitida tashish imkoniyatiga ega. Ularda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejash bilan birga yonilg‘i iste'molni ham kamaytiradi. Ekologik xavfsizlik bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan mazkur lokomotivlar asenxron tortish elektr dvigatellari bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025