O‘zbekiston yangi lokomotivlar xarid qiladi

Foto: Wikipedia
2019-2021 yillarda lokomotivlar parkini yangilash uchun jami 226,14 mln AQSh dollarini sarflash ko‘zlanmoqda. Bu haqda Norma xabar berdi.
Osiyo taraqqiyot banki mamlakatga 5 yillik imtiyozli davr, yillik 0,5 % qo‘shilgan olti oylik LIBOR va o‘zlashtirilmagan qarz summasining 0,15 %i miqdorida majburiyat uchun komissiya bilan 25 yilga 170 mln AQSh dollari ajratdi.
O‘zbekistonning hissasi – 56,14 mln AQSh dollari ekvivalenti – o‘z ichiga soliq va bojxona imtiyozlarini ($45,06 mln) taqdim etish va ijro etuvchi mas'ul organ – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning o‘z mablag‘larini ($11,08 mln) oladi.
Hujjat 15.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Bundan oldin, O‘zbekiston Xitoydan 24 ta elektrovoz sotib olishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi

15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi

21:15 / 08.10.2024
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi elektr tarmog‘i quriladi

09:30 / 20.09.2024