Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Shimoliy Koreyada yaratilgan yangi suv osti kemasini ko‘zdan kechirdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat harbiy-dengiz kuchlari uchun mo‘ljallangan yangi suv osti kemasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.
Agentlik Kim Chen Inning dokda joylashgan suv osti kemasi fonida tushgan suratini e'lon qilgan.
Ta'kidlanishicha, suv osti kemasi Yapon dengizida taktik vazifalarni bajarish uchun qo‘llanadi. “Hurmatli oliy rahbar, yangi suv osti kemasini ko‘zdan kechirish vaqtida uning texnik ko‘rsatkichlari va jangovar tizimi bilan ham tanishdi”, deyilgan xabarda.
Kim Chen In nazorat vaqtida Shimoliy Koreyada suv osti kemalari bo‘lishi strategik ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tgan. U, shuningdek, mamlakatning ishonchli himoyasini ta'minlash uchun harbiy-dengiz kuchlari uchun qurollar ishlab chiqarish zarurligini aytgan.
Avvalroq AQSh va Janubiy Koreya mutaxassislari Shimoliy Koreya ballistik raketa olib yura oladigan yangi suv osti kemasini qurayotgani haqidagi fikrni bildirishgan. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya 2017 yil oxirida suv osti kemalari uchun yangi ballistik raketa “Pukkikson-3”ni (Qutb yulduzi-3) ishlab chiqishni yakunlagani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025