O‘zbekiston | 16:50 / 23.07.2019
36392
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining 4 nafar o‘rinbosari lavozimga tayinlandi.

Alisher Sayfullayevich Mustafoyev «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining qazib chiqarish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

U muqaddam «Natural Gas Srteam» MChJ direktori, «Muborakneftgaz» korxonasi bosh muhandisi va «O‘ztransgaz» AJ raisi (2017-2018) lavozimlarida ishlagan.

UzGTL zavodida qurilish bo‘yicha direksiya direktori sifatida ishlab kelgan Muxtor Mustafoyevich Temirov boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, shu vaqtgacha «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ raisi lavozimida ishlab kelgan Qobul Muhammadiyevich To‘xtayev «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining geologiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Murodilloyevich Ashurov esa o‘z lavozimiga qayta tayinlangan.

Bundan avvalroq, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Sayidov Bahodir Eshmuratov o‘rniga «O‘ztransgaz» AJ raisi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid