Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Tojikiston chegaraning bahsli hududlarini birgalikda patrullashga kelishib oldi
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasining 22 iyulda nizo yuz bergan joyida Qirg‘iziston mutasaddi idoralarining aholi bilan uchrashuvi vaqtida otishma sodir etildi.
22 iyulda Tojikistonning Vorux va Qirg‘iziston Aksay qishloqlari aholisi o‘rtasida nizo chiqqan. Nizo chiqishiga qishloqlardan birida flagshtok o‘rnatilishi sabab bo‘lgan. Nizo vaqtida o‘qotar qurol qo‘llangan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 23 iyulda yuz bergan otishma oqibatida 3 kishi, jumladan “Ak-Say” chegara bo‘linmasi boshlig‘i yaralangan. Uchrashuvda Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev, davlat chegara xizmati raisi Ularbek Sharsheyev, Botken viloyati ma'muriyati vakili Akrom Madumarov ishtirok etgan.
Aksay aholisi bilan uchrashuv vaqtida Tojikiston tomondan 2-3 marta o‘q uzilgan. Ta'kidlanishicha, harbiylardan biri oyog‘idan yaralangan.

Bishkek va Dushanbe 22 iyuldagi voqeadan keyin umumiy chegaraning bahsli hududlarini birgalikda patrullashga kelishib oldi. Bu haqda Botken viloyati ma'muriyatida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, ushbu choralar chegaradagi vaziyatni tartibga solishga yordam beradi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ikki qishloq aholisi o‘rtasida chiqqan nizo vaqtida ikkala tomondan umumiy hisobda 30 kishi, jumladan chegarachilar va militsiya xodimlari jabrlangan. Tojikistonning bir fuqarosi o‘qotar jarohatdan halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025