Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash fosh bo‘ldi
Bojxonachilar tomonidan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlab, turli noqonuniy yo‘llar bilan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga olib kirishga urinayotgan kimsalarning qing‘ir ishlari o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Nukus” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan olib kelingan yuklarning hujjatlar bilan mutanosibligi tekshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tekshiruv jarayonida, xorijdan mamlakatdagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan, qiymati 1580 AQSh dollariga teng bo‘lgan “metall simlarni cho‘zishda ishlatiladigan kukunsimon moylash vositasi” tovariga bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan tashqi iqtisodiy tovar nomenklatura kodlari to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi.
Qonunbuzarlar kodlarni almashtirish evaziga bojxona to‘lovlaridan 21 million so‘mni “tejash”ga uringanligi fosh bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025