Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buzib tashlangan Ezidyor restorani egasi o‘ziga va'da qilingan binoni olishga urinmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi, palata a'zosi GRAND DUET MChJ O‘zbekiston - Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasi rahbari Sh.Sobirov murojaat qildi, deb xabar bermoqda SSP Axborot xizmati.
Murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilar ma'lum bo‘lgan:
GRAND DUET MChJ qo‘shma korxonasi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 19-uyda 2003 yildan buyon aholiga zamonaviy biznes markazi sifatida xizmat qilgan. Biroq, Tashkent City barpo etilishi munosabati bilan GRAND DUET MChJga qarashli ko‘chmas mulk obekti buzilishga tushgan.
Toshkent shahar hokimiyatiga GRAND DUET qo‘shma korxonasi bilan kelishilgan holda, Ezidyor restorani binosi buzilishi hududiga tushganligi inobatga olinib, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 115-uy manzilida joylashgan Sayohat restorani binosini qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shma korxona tasarrufiga topshirishi lozim edi.
Biroq, bu kelishuv amalga oshmagani sabab, tadbirkor faoliyatini to‘xtatishiga va yuzlab ishchilarni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil fevral oyida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan GRAND DUET qo‘shma korxonasining huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlanishi maqsadida Chilonzor tuman Ma'muriy sudiga Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Sayohat restorani binosini GRAND DUET MChJ qo‘shma korxonasi tasarrufiga o‘rnatilgan tartibda topshirish to‘g‘risida da'vo ariza bilan murojaat qilgan.
Chilonzor tuman Ma'muriy sudining 2019 yil 16 maydagi hal qiluv qaroriga asosan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan palata a'zosi GRAND DUET qo‘shma korxonasi manfaatida kiritilgan da'vo arizasi to‘liq qanoatlantirilgan.
“Mazkur xal qiluv qarori ijrosi amalda ta'minlangan taqdirdagina, tadbirkorning qonuniy manfaatlari to‘liq himoya qilingan, deya olamiz”, - deyiladi SSP xabarida.
Mavzuga oid
21:04 / 27.07.2019
Ezidyor rahbari va Toshkent shahar hokimi kompensatsiya masalasini muhokama qilishdi
18:30 / 17.06.2018
Foto: Toshkentdagi «Ezidyor» to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi
14:25 / 14.06.2018
Buzilishi mo‘ljallangan Ezidyor va Mumtoz to‘yxonalari haqida yangi ma'lumot tarqaldi
12:17 / 08.05.2018