Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokschi Maksim Dadashev jang payti insult bo‘lgani aniqlandi
Rossiyalik bokschi Maksim Dadashev puertorikalik Subriel Matiasga qarshi jang paytida insult bo‘lgani aniqlandi.
Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, Dadashev miyasiga qon quyilgani va juda qattiq og‘riqqa qaramasdan jangni davom ettirgan. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i instagram sahifasida xabar qoldirdi.
28 yoshli bokschi 23 iyul kuni shifoxonada vafot etdi. O‘lim 20 iyul kuni Sabriel Matiasga qarshi jangda olgan jarohatlari oqibatida yuz bergan. Puertorikalikdan uchralgan mag‘lubiyat uning faoliyatidagi yagona bo‘lib qoldi.
Boksdagi qisqa faoliyati davomida Dadashev NABF talqini bo‘yicha Shimoliy Amerika chempionligi kamariga egalik qilgan.