Toshkentda O‘zbekistondagi birinchi IT Park ishga tushdi
24 iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – IT Parkning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olim Umarov, Hindiston dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parklari jamiyati (STPI) direktori Omkar Ray, IT Park direktori Farhod Ibragimov va boshqalar ishtirok etdi.
Tantanali kecha mehmonlari IT Park bo‘ylab ekskursiya davomida mamlakatda startaplarni rivojlantirishga qaratilgan eko-muhit va infratuzilma bilan tanishdi.
IT Parkning Qabul Hay'ati tomonidan tanlab olingan birinchi startap loyihalar alohida e'tibor markazida bo‘ldi. Tanlovdan o‘tgan dastlabki 15 ta startaperlar orasida:
– Akseleratsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Fastago – Igor Kim; Document Scanner – Shuhrat Zohidov; Electronic Shelf Label – Muzaffar Mahkamov; Agromart – Akbar Boboxonov; Arzon Apteka – Danik Kamilov; Meteostation – Vladimir Alatarsev.
– Inkubatsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Revisor – Islomali Nuraliyev; Event – Shoxruxxon Umarov; Altmed – Maxmudjon Sodiqov; Worklance – Bekzodxon Maxkamov; Delivera – Aziz Qurbonov, Spherra – Rustam Yuldashev, AydaTuda – Vladislav Vavilov; Patient Monitor – Murod Axunov; LockerPost – Rustam Asimov.
Tadbir davomida birinchi startap loyihaga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov sertifikat topshirdi.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda IT Park uchun kovorking markazi, IT akademiya, IT laboratoriya va IT mehmonxonani o‘z ichiga oluvchi uchta yangi binoni topshirish, shuningdek, boshqa hududlardagi yoshlar o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi uchun yengillik yaratish maqsadida mamlakat mintaqalarida ham IT Parkning filiallarini ochish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024