Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
22 ming donadan ortiq dori vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
Bojxona xodimlari sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan ikki nafar fuqaro I.B. va Yu.D.ning yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxslarning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 60,3 million so‘mlik 20 000 dona “Montalin” va 2000 dona “Samyum WAN” nomli dori vositalari borligi aniqlangan.
Shuningdek, yana bir holatda xorijdan uchib kelgan fuqaro N.V.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda tekshirildi. Natijada, uning yuklari orasidan mamlakatimiz hududida muomalasi cheklangan 173 dona “Codeine Phospate” nomli psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025