Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Koreyadagi tungi klubda sodir bo‘lgan noxush hodisada O‘zbekiston fuqarolari jarohatlanmaganini ma'lum qildi
27 iyul kuni Koreyaning Kvanju shahridagi tungi klublardan birida bino qismining qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari, jumladan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan yurtimiz sport delegatsiyasi a'zolarining nomlari yo‘q. Bu haqda mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasining konsullik bo‘limi bergan ma'lumotga asoslanib O‘zbekiston TIV xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, shahar politsiyasi ham ushbu ma'lumotni tasdiqladi.
Avvalroq to‘qqiz nafar sportchi - to‘rt amerikalik, ikki yangi zelandiyalik, bir nafar gollandiyalik, italiyalik va braziliyalik hamda jahon chempionatiga aloqador bo‘lmagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangani xabar qilingandi.
Janubiy Koreya huquqni muhofaza qilish organlari xabariga ko‘ra, mazkur hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi, jumladan jahon chempionatining 9 nafar xorijlik ishtirokchilari jarohat olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.
Mavzuga oid
20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi
20:29 / 08.04.2025
Dominikan poytaxtidagi tungi klub tomi konsert vaqti qulab tushdi. Kamida 27 kishi halok bo‘ldi
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025