Marixuana olib ketayotgan narkokurer qo‘lga olindi
Bojxona xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Bo‘ka-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaro T.J.ning yuklari orasida 648,4 gramm marixuana giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.
Tekshiruv davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirildi va uning xonadonidan 5,16 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi ma'lum bo‘ldi.
Tadbir davomida 653,56 gr. marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:31 / 14.02.2023
Toshkentda narkokurerlarni kaltaklash evaziga 300-500 dollar pul olgan mushtumzo‘rlar qo‘lga olindi
23:55 / 13.02.2023
Qibrayda narkokurerlarni “samosud” qilishda qatnashgan o‘ndan ortiq shaxs ushlangan
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023