Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fermerlarning ishchilariga kishan taqib, ularni avtobusga qamagan IIB boshlig‘i ishdan olindi
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov ishdan olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«24 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani haqida rasmiy ma'lumot berilgan edi.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra Kasbi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Ch.Kucharov egallab turgan lavozimidan ozod etildi», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Bundan avvalroq Kun.uz saytida «Qashqadaryoda fermerlar vakillariga kishan taqildi va ular avtobusga qamab qo‘yildi: Guvohlar voqea tafsilotlarini hikoya qilishdi» sarlavhali maqola e'lon qilingan, unda Chori Ko‘charov fermerlarga dala maydonida seminar o‘tkazgani, seminarga kelmagan fermerlarning vakillariga kishan taqib, ularni kun issig‘ida avtobusga qamab qo‘ygani, shuningdek, seminarga kelmagan fermerning oldiga xodimlarini yuborib, uni majburan olib keltirmoqchi bo‘lgani haqida aytilgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025