Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qirg‘izistonlik harbiy xizmatchining jasadi topildi. U cho‘kib ketgani aytilyapti
O‘zbekistonda qirg‘izistonlik harbiy xizmatchining jasadi topildi. Bu haqda Qirg‘iziston Chegara xizmati xabar qildi, deb yozmoqda Kaktus.media.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, 29 iyul kuni O‘zbekiston hududidagi Oq-Buloq daryosidan harbiy qism xizmatchisining jasadi topilgan. U 19 iyul kuni Oq-Buloq daryosiga tushish chog‘ida sirg‘anib ketib, daryoga qulagan.
Qidiruv ishlari Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari tomonidan, ikki respublika FVV xodimlari bilan hamkorlikda, o‘n sutka davomida olib borildi. Harbiy xizmatchining jasadi kuchli oqim tufayli voqea joyidan 11 km uzoqlikda aniqlandi.
Jasadni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari topgan. 29 iyul kuni harbiy xizmatchining jasadi Qirg‘izistonga olib ketildi.
Ayni paytda tegishli ekspertizalar va tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025