Jamiyat | 11:33 / 30.07.2019
58241
1 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayol haqida rasmiy ma'lumot berildi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qo‘yliq» bozori yonidagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolning xatti-harakatlari tasvirlangan video tarqaldi. 

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu hodisa joriy yilning 28 iyul kuni yuz bergan. Xabarda aytilishicha, shu kuni soat taxminan 12:35larda 43 yoshli N.K. Bektemir tumanidagi «Qo‘yliq» bozori yaqinida joylashgan ko‘prikdan o‘zini tashlashga harakat qilgan. 

Ma'lumotda bildirilishicha, ayol ushbu tuman IIB xodimlari tomonidan qutqarib qolingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kun avval spirtli ichimlik iste'mol qilgan va o‘z xatti-harakatlari uchun to‘la javob bermagan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

IIBBning ma'lum qilishicha, hozirda ushbu ayol bilan psixologlar ish olib bormoqda.

Mavzuga oid