Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qing‘ir reja qimmatga tushdi
Bojxona xodimlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida saqlanayotgan tovarlar hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar bilan mutanosibligi tekshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tekshiruv jarayonida xorijdan poytaxtimizdagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan konteynerlarning biridagi 34 985 dona umumiy qiymati 1,4 milliard so‘mlik “o‘t o‘chirgich moslamasi qismlari”ga ko‘rsatilgan tashqi iqtisodiy tovar nomenklatura kodlari noto‘g‘ri kiritilgani aniqlandi.
Shuningdek, yana bir holatda “Ark-buloq” bojxona postida xorijdan keltirilgan tovarlar belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, xorijdan poytaxtimizdagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning birini nomiga olib kelingan qurilish tovarlarining hujjatlarda qiymati 761 941 AQSh dollariga kam ko‘rsatilgani fosh etildi.
Shu tariqa qonunbuzardan 2 milliard so‘m bojxona to‘lovlari undiriladigan bo‘ldi.
Ayni paytda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025