Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolni sovg‘a qilish yoki meros qoldirish mumkinmi?
O‘zbekistonda fuqarolar faqatgina ov qurolini meros qoldirishi, sovg‘a qilishi va litsenziyaga ega yuridik shaxslarga sotishi mumkin. Bu haqda Milliy gvardiyaning Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi bosh inspektori Alisher Musayev bugun «Taraqqiyot strategiyasi» markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
«Mukofot tarzida olingan jangovar qurolni esa Milliy gvardiya organlariga ro‘yxatga qo‘yishi kerak va unga qurolni saqlash, olib yurish ruxsatnomasi muddati cheklanmagan holatda beriladi. Lekin ushbu qurol egasi vafot etganidan so‘ng meros sifatida qoldirib bo‘lmaydi. Uni Milliy gvardiyaga albatta, topshiradi», – dedi Musayev.

Uning ta'kidlashicha, fuqaro biror sabab tufayli doimiy yashash joyidan boshqa hududga uch oydan ortiq muddatga ketayotgan bo‘lsa, u qurolini Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalariga yozma tarzda murojaat qilish orqali vaqtinchalik saqlashga topshiradi.
Shuningdek, qurol egasida doimiy ro‘yxatda turgan joyidan boshqa manzilda yashash zarurati tug‘ilsa, u o‘n kun muddat ichida Milliy gvardiya organlariga xabar berishi kerak va shundan so‘ng qurol ro‘yxatga kiritiladi.
Qurolga oid munosabatlarda vakolatli organ vakillarining ma'lum qilishicha, jamoat joylarida, shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda qurolni ochiq holda (g‘ilofsiz) olib yurish taqiqlanadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lgan fuqarolar fuqaroviy sport qurolini va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini, 21 yoshga to‘lgan fuqarolar fuqaroviy ov qurolini olish huquqiga ega.
Mavzuga oid
13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
10:19 / 17.04.2025
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
11:50 / 15.04.2025