O‘zbekiston | 17:20 / 03.08.2019
115071
2 daqiqa o‘qiladi

IIBB: parda va darpardalar bo‘yicha qonunchilikda o‘zgarishlar ro‘y bermadi 

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar IIBB tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) transport vositalaridan foydalanish masalasiga oid qonunchilik yuzasidan izoh bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, avtomobillarning orqa oynalarini tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligini chegaralamasdan o‘zgartirish ruxsat etiladi.

Shuningdek, turistik transport sifatida litsenziyaga ega bo‘lgan M3 toifa III klass avtotransport vositalari oynalarining ham tusini qoraytirish mumkin.

Turistik avtobuslarni yon oynalarini qoraytirish masalasida ruxsat narxi quyidagi omillarni inobatga olgan holda belgilanadi: avtobus yuridik shaxsi ro‘yxatga olinganligi; kimga tegishliligi; O‘zbekiston, yoki boshqa davlat hududida ro‘yxatda turishi.

Ma'lum qilinishicha, parda, darparda, jalyuzilar bo‘yicha qonunchilikda o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Yengil avtomobillar bilan bog‘liq hollarda pardalarni yon ko‘zgular mavjud bo‘lgan holda faqatgina orqa oynaga o‘rnatish mumkin. Yon oynalarga pardalar o‘rnatish faqatgina M3 toifadagi III klass avtotransport vositalariga mumkin (haydovchi o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindiqlari bo‘lgan va og‘irligi 5 tonnadan oshiq bo‘lgan yo‘lovchi transporti). 

Shuningdek, avtomobil old oynasining 14 sm.dan ko‘p bo‘lmagan tepa qismi tusini polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi chegaralamagan darajada o‘zgartirish, ilgarigidek ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.

Bundan oldin, «tonirovka» bo‘yicha hukumat qarori qabul qilingani, yangi narxlar belgilangani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid