O‘zbekiston | 00:50 / 08.08.2019
8841
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik talabalar Xalqaro matematika olimpiadasi yakunida bronza medali bilan cheklandi

Shu yilning 28 iyulidan 3 avgustiga qadar Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida talabalar o‘rtasida 26-Xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro olipiadada o‘zbekistonlik talabalar ham ishtirok etib, unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti  2-bosqich talabasi Abdumalik Abduqayumov bronza medalini qo‘lga kiritdi (3-darajali diplom).

Talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi 1994 yildan buyon muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Olimpiada qatnashchilariga  ikki bosqichda: matematik tahlil, sonlar nazariyasi va kompleks tahlilga oid topshiriqlar beriladi va  ulardan yechimlarini ingliz tilida taqdim etishlari talab etiladi.

Joriy yilgi olimpiada bahslarida dunyoning 43 ta davlatidan 360 nafar talaba ishtirok etgan.

Olimpiada ishtirokchilari 6 avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida universitet faollari tomonidan kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro olimpiadaning 2018 yilgi bahslarida O‘zbekiston sharafini 4 nafar talaba himoya qilgan hamda 2ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid