Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qon, olov va o‘qlar. Qo‘y-Tosh voqealarida ilk qurbon, yana 36 kishi shifoxonada
Qirg‘iziston Milliy xirurgiya markaziga Qo‘y-Toshdagi otishmalar vaqtida jarohatlangan yana bir kishi yotqizildi. U o‘ng kurak suyagida o‘tochar quroldan jarohat olgan, shuningdek chap bel qismida tirnalgan-kesilgan jarohat qayd etilgan. U jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan va alohida palataga yotqizilgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 00:55 holatiga ko‘ra, tibbiyot muassasalariga Qo‘y-Toshdan turli darajadagi jarohatlar (o‘tochar quroldan olingan jarohat, bosh miyaga oid jarohat, bosh miya chayqalishi) bilan jami 36 kishi keltirilgan, shundan 15 nafari huquq-tartibot organlari xodimlaridir.
Bishkek shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi direktori Iskandar Shayaxmetovning ma'lum qilishicha, maxsus topshiriqli bo‘linma harbiylaridan biri operatsiya qilingan, ammo shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay u vafot etgan.
7 avgust kuni mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohi maxsus topshiriqli bo‘linma harbiylari tomonidan qamal qilindi, harbiylar Atamboyev va uning tarafdorlari turgan uyga bostirib kirishdi va rezina o‘qlar bilan yig‘ilganlarni tarqatib yuborishga urindi. Ammo sobiq prezidentni qo‘llab-quvvatlovchilar soni ortdi va javob qaytarildi. Natijada, harbiylarning bir qismi voqea joyidan chekindi, bir qismi sobiq prezident tarafdorlari tomonidan qo‘lga olindi.



Internetda qo‘lga olingan harbiylar tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi.
Jarohatlanganlar orasida Atamboyevning advokati Nurbek Kasimbekov, sobiq deputat Meerbek Miskenbayev, Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Abdil Segizbayev ham bor.
Ayni vaqtda Atamboyevning atrofida minglab tarafdorlari to‘plangan va ular poytaxt Bishkek tomon yurishmoqchi. Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sooronboy Jeenbekov ta'tilini barvaqt tugatib poytaxtga qaytgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025