Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Urganch va Toshkent-Samarqand yo‘nalishlarida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma'muriyati Qurbon hayiti bayrami kunlari ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida 556/555 sonli qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilganligini ma'lum qildi.
Toshkent –Urganch yo‘nalishida harakatlanadigan 556-sonli qo‘shimcha poyezd 9, 11, 13 avgust kunlari Toshkent Janubiy vokzalidan soat 14:22 da, Urganch-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 555-sonli qo‘shimcha poyezd esa 10,12,14 avgust kunlari Urganch vokzalidan soat 10:10 da jo‘naydi.
Shuningdek, 9 avgustdan boshlab, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 764/763 sonli “AFROSIYOB” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, shuningdek, joylardagi temir yo‘l vokzallaridagi ma'lumotxonalarga murojaat qilib bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
20:04 / 05.01.2024
Chipta narxi oshirilmaydigan mahalliy poyezd yo‘nalishlari ma’lum qilindi
17:28 / 20.05.2023
Rossiyalik bloger Ilya Varlamov «O‘zbekiston temiryo‘llari»dagi xizmat ko‘rsatish sifatini tanqid qildi
15:36 / 24.12.2022
Poyezd urib ketishi tufayli 17 yoshli o‘smir vafot etdi
14:50 / 26.12.2018