Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YPX xodimi xizmat qurolidan o‘q uzdi
Toshkentda yo‘l-patrul xizmati xodimi xizmat qurolidan o‘q uzdi. Ushbu holat avtomobillardan birining videoregistratori tomonidan tasvirga olingan.
Taxminlarga ko‘ra, hodisa 7 avgust kuni yuz bergan. Shu kuni 7 avgust kuni soat 12.15da Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qarama-qarshi harakat yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan "Lasetti" rusumli avtomobil Toshkent shahar YPX inspektorlarining nazariga tushgan.
IIBBning 7 avgust kungi xabarida aytilishicha, YPX inspektorining to‘xtash haqidagi ishorasiga haydovchi bo‘ysunmagan. Hozirda qoidabuzar avtomobilining davlat raqami aniqlanib, qoidabuzar haydovchini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyilgan ma'lumotda.
Poytaxt IIBB YPX xodimining qurol qo‘llashi yuzasidan hozircha hech qanday rasmiy izoh bermadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025