Jamiyat | 14:47 / 09.08.2019
4188
1 daqiqa o‘qiladi

Avariya sabab Samarqand shahar ichimlik suvi ta'minotida 10 avgustgacha uzilishlar kuzatiladi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 9 avgust kuni Samarqand shahrining qator hududlarida ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar paydo bo‘ldi. Bu borada Samarqand viloyat «Suvoqova» DUK shahar filiali bayonot bilan chiqdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi soat 02:10 da Samarqand shahrini ichimlik suvi bilan ta'minlovchi «Cho‘ponota» suv inshootining yuqori bosimli tarmog‘ida favqulotda avariya sodir bo‘lgan.

«Shu sabab 10 avgust soat 10:00 ga qadar shaharning Siyob, Bog‘ishamol, Sartepa, Sug‘diyona, Amir Temur, Mikrarayon hududlarida, Samarqand tumanining shahar bilan tutash yerlarida ichimlik suvi yetkazib berishda uzulishlar kuzatiladi. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi bayonotda.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid