Markaziy bank ichki valuta bozoridagi vaziyatga izoh berdi
Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursi keskin ko‘tarilgani va ichki valuta bozoridagi vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning iyul oyi ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa so‘nggi haftada, ichki valuta bozorida xorijiy valutaning milliy valutaga nisbatan kursi o‘sish sur'atlarining tezlashishi kuzatildi.
Ushbu holatning shakllanishiga qator tashqi va ichki omillar ta'sir ko‘rsatdi, deyiladi izohda.
Tashqi omillar. Joriy yilning iyul oyidan boshlab, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan ba'zi mamlakatlarda (shu jumladan Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valutalarning qadrsizlanishi tendensiyasi rivojlanmoqda, bu ma'lum darajada valuta bozori ishtirokchilari tomonidan valuta kurslari va qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta'sir qiladi.
Ichki omillar asosan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar - import qiluvchilar tomonidan chet el valutasiga talabning ortib borishi bilan bog‘liq.
Ichki valuta bozorida talab va taklifning nisbiy barqarorligi sharoitida Markaziy bankning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha likvidlikni sterilizatsiyalash bo‘lib, bunda ichki valuta bozorida qisqa muddatli kurs o‘zgarishini yumshatish uchun vosita sifatida ishlatiladi.
Shu bilan birga, ichki valuta bozoridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, Markaziy bank valuta intervensiyalarini amalga oshirishda kunlik o‘zgarishlarning yanada kengroq yo‘lagiga o‘tmoqda.
Markaziy bank qisqa muddatli o‘zgaruvchanlikni davom ettirish va fundamental trendga qaytishni davom ettirish bilan kursni ma'lum bir darajada tartibga solishni istisno etmaydi.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024