Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llar 1 kilometr masofada transportlar harakati uchun berkitiladi
Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llar 1 kilometr masofa doirasida transportlar harakati uchun berkitiladi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabarida aytiladi.
“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sizni xalqimizning shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz.
Shuningdek ma'lum qilamizki, Qurbon hayiti munosabati bilan 10-avgust kuni soat 24.00 dan 11-avgust kuni soat 8.00 gacha masjidlar atrofidagi yo‘llar 1 kilometr masofa doirasida transport vositalarining harakati uchun berkitiladi”, - deyiladi xabarda.
Haydovchilardan avtomobillarni tegishli joylarda qoldirish va o‘zgalar uchun noquyliklar tug‘dirmaslik so‘ralgan.
“Imkon qadar shahar jamoat transporti xizmatlaridan foydalaning”, - deya yakunlanadi ma'lumot.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025