Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Kuril orollarining Yaponiya hududi sifatida ko‘rsatilishiga munosabat bildirdi
Janubiy Kuril orollarining 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari xaritasida Yaponiya tarkibiga kiritilishi qonunga xilofdir. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
Zaxarovaning ta'kidlashicha, bunday harakatlar davlatlar o‘rtasidagi muhitni zaharlaydi. “Sizga aytishim mumkinki, bu harakatlar aniq ikki tomonlama munosabatlar foydasiga emas. Fikrimcha, u Tokioning o‘ziga ham foyda keltirishi dargumon”, deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Avvalroq Olimpiada-2020 rasmiy saytida Yaponiyaning Olimpiya mash'alasi yo‘nalishi aks etgan xaritasi paydo bo‘lgan. Unda Kunashir, Shikotan, Iturup orollari va Xabomai tizmasi Xokkaydo prefekturasi tarkibida ko‘rsatilgan.
Moskva iyulda G20 sammitiga tayyorlangan hamda Kuril orollari yapon hududi sifatida ko‘rsatilgan videorolik sababli Tokioga norozilik bildirgandi. Tokio o‘z navbatida Kunashir oroli yaqinida otish mashqlari o‘tkazilishi va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Iturupga tashrifiga norozilik bildirgan.
Moskva ushbu orollarni Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyin imzolangan taslim bo‘lish aktiga tayanib Rossiya hududi deb hisoblaydi. Bu masala bo‘yicha ziddiyatlar sababli ikki qo‘shni davlat hanuzgacha tinchlik bitimini imzolamagan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024