Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xolokostda omon qolgan 104 yoshli ayol tug‘ilgan kunini 400 nafar nevara-chevaralari davrasida nishonladi
Shoshana Ovits tug‘ilgan kuniga birgina sovg‘a taqdim etishlarini, barcha qarindoshlari uning yonida bo‘lishlarini iltimos qildi.
Shoshana bundan 70 yil avval Osvensim konslageri dahshatlarini boshidan kechirgan. Konslager tutqunlari ustida dahshatli tajribalar o‘tkazgan natsistlar shifokori uning onasi o‘limiga sababchi bo‘lgan.
O‘lim lageridan tirik chiqqan Shoshana bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan. Ular Avstriyadan Isroilga ko‘chib kelishgan va shu yerda ularning ikki o‘g‘il va ikki qizlari dunyoga kelgan.
U butun oilasini o‘zining 104 yoshligini nishonlashga Quddusdagi Yig‘i devori yoniga chaqirdi. Barcha nevara-chevaralar buvisining istagini bajarishdi, deb yozadi Algemeiner gazetasi. Shoshananing nabirasi Paninining aytishicha, natsizm ustidan g‘alabani ifodalovchi bu tantanaga 400ga yaqin kishi to‘plangan.
🇮🇱✡️ — JERUSALEM: Emotional moment as 104-year-old Shoshana Ovitz, A holocaust survivor who witnessed the horrors of Auschwitz received her wish after requesting all of her family members to come to the Kosel in honor of her birthday! pic.twitter.com/nld8fFKEju
— BELAAZ (@TheBelaaz) August 7, 2019
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025