Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori qon bosimidan xalos bo‘lishning 4 qadami ma'lum qilindi
Amerikalik kardiolog Elizabet Klodas yuqori qon bosimi – gipertoniyadan xalos bo‘lishning 4 qadamini ma'lum qildi.
Mutaxassisning tavsiya qilishicha, buni vaznni nazorat qilishdan boshlash lozim. Ortiqcha vazn bo‘lganda jismoniy faollikni oshirib, ovqatlanish ratsioniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish kerak. Vaznning me'yorlashtirilishi qon bosimining sezilarli pasayishiga olib keladi.
Gipertoniyaga qarshi kurashishning 2-qadami natriy iste'moli darajasini pasaytarish hisoblanadi. Bunga nonushtaga barra sabzavotlar va mevalar iste'mol qilish orqali erishish mumkin.
Shuningdek, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish lozim, bu yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi.
Va yakunda spirtli ichimliklar iste'mol qilish va tamaki chekishdan voz kechmoq lozim.
Mavzuga oid
22:01 / 16.05.2024
JSST 900 ming kishining hayotini saqlab qolish uchun tuz iste’molini cheklashga chaqirdi
11:24 / 06.11.2023
Keksalikda mashg‘ulotlar bajarish mumkinmi – gerontolog tavsiyalari
16:33 / 01.02.2022
Italiyadagi dorixonalarda xaridorlarga "harakatlanish uchun bepul dori" berish boshlandi
11:57 / 14.11.2021