Jahon | 19:12 / 13.08.2019
59588
1 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev bilan muzokara olib borgan Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari iste'foga chiqarildi

Foto: ktrk.kg

Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanovni iste'foga chiqardi. Asanov militsiya manfaatlariga xiyonat qilish va ishonchni yo‘qotish sababli lavozimidan bo‘shatilgan.

Asanovga nisbatan xizmat tekshiruvi natijalari yuridik baho berish uchun respublika bosh prokuraturasiga taqdim etilgan.

Asanov 7-8 avgust kunlari Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish operatsiyasida qatnashgan hamda u bilan taslim bo‘lish va asirga olingan maxsus kuchlar xodimlarini ozod qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazgandi.

Atamboyevga bosh prokuratura tomonidan tartibsizliklarni uyushtirish, qurol-yarog‘ning noqonuniy aylanmasi, tergovga to‘sqinlik qilish, odamlarni garovga olish, o‘ldirish va qotillikka urinish ayblovlari qo‘yilmoqda.

Mavzuga oid